Akademiyaning magistratura tinglovchilari uchun “Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi” moduli doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) huzurida sayyor o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili F.F.Eshmatova tomonidan Ombudsman faoliyati va mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Sayyor o‘quv mashg‘uloti bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.