Ilmiy tadqiqotlarga milliy grantlarni jalb etish yuzasidan trening bo‘lib o‘tdi

Ilmiy tadqiqotlarga milliy grantlarni jalb etish yuzasidan trening bo‘lib o‘tdi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, huquqni muhofaza qilish faoliyatining eng dolzarb masalalari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni tizimli asosda, shu jumladan, milliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda amalga oshirish kabi muhim vazifalar belgilangan. 

Akademiya xodimlarining ilmiy tadqiqotlar doirasida milliy grantlarni jalb etish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari S.Nazirov ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. 


Trening davomida ishtirokchilar grant loyihalarini talab doirasida rasmiylashtirish natijalari bo‘yicha tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.