Bakalavriatning “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul tugashiga 4 kun qoldi 

Bakalavriatning “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul tugashiga 4 kun qoldi 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025 o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga joriy yilning 1 fevralidan boshlangan qabul tugashiga 4 kun qoldi.

Akademiyaning “tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik prinsiplari va qabul qilishning yagona qoidalari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
dastlabki tanlov;
maxsus psixologik tanlov;
yozma imtihon (diktant);
test sinovlari.

Nomzod joriy yilning 1 fevralidan 1 martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasida (https://my.uzbmb.uz/) ro‘yxatdan o‘tishi hamda:
harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy ichki ishlar organlariga;
harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy prokuratura organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etishi lozim.

BATAFSIL

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (https://proacademy.uz/uz-cyr/menu/bakalavriat), shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: www.facebook.com/ProsecutorAcademy, www.instagram.com/proacademyuz/ (https://t.me/TheLawEnforcementAcademy) hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.
Bakalavriatga kirish bilan bog‘liq savollarga 33-596-02-92 Telegram hamda 71-202-04-96 (ichki 1727) telefon raqami orqali javob olishingiz mumkin.