Jinoyat ishlari bo‘yicha sudda sayyor o‘quv mashg‘uloti

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudda sayyor o‘quv mashg‘uloti

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi tinglovchilari uchun “Inson huquqlari milliy tizimi” moduli doirasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida “Insonning odil sudlovga bo‘lgan huquqi” mavzusida sayyor mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida tuman sudining sudyalari S.Abduganiyev, M.Kayumov hamda B.Kayumovlar jinoyat sud ishlarini ko‘rishda inson huquqlarini ta’minlash masalalarini tushuntirib o‘tdilar. 

Sayyor o‘quv mashg‘uloti davomida magistratura tinglovchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ular mazkur jarayonda ko‘rilayotgan ma’muriy hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sud protsesslarida bevosita qatnashdilar.