Bosh prokuratura Akademiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) bo'limlari boshliqlari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi boshlandi.
Mazkur kurs Akademiyaning «Proacademy» elektron axborot-ta'lim portali bazasida masofaviy ta'lim shaklida amalga oshirilmoqda. Karantin choralari joriy etilgandan buyon mazkur yo'nalishda 2 ta masofaviy kurslar tashkil etilgan bo'lib, ushbu kurslarni 95 nafar tinglovchilar muvaffaqiyatli yakunlashdi.
Dastur tinglovchilarning qayta aloqa mexanizmlari orqali aniqlangan ehtiyojlarini hamda oldingi tashkil etilgan o'quvlardagi tajribani inobatga olib, yanada takomillashtirgan holda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishni tashkil etishning dolzarb masalalari bo'yicha ishlab chiqilgan.
Kursni o'tkazishni lozim darajada tashkil etish maqsadida tinglovchilarga ishdan ajralmagan holda kursni o'tash tartibi, amaliy topshiriqlarni bajarish qoidalari tanishtirilib, ularning Akademiya professor-o'qituvchilari bilan doimiy aloqada bo'lish imkoniyatlarini ta'minlash choralari ko'rildi.