Tintuv va olib qo‘yish taktikasi bo‘yicha mahorat darsi

Tintuv va olib qo‘yish taktikasi bo‘yicha mahorat darsi

O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBM Raqamli ekspertizalar bo‘limi bosh eksperti A.Qahramonov tomonidan Huquqni muhofaza qilish Akademiyasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun “Tintuv va olib qo‘yish taktikasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mazkur mahorat darsi interaktiv usulda o‘tkazilib, talabalarga axborot texnologiyalari sohasida sodir etiladigan jinoyatlar bo‘yicha tintuv va olib qo‘yishning kriminalistik taktik qoidalari, tayinlanadigan ekspertizalar bo‘yicha savollar qo‘yish, tintuv natijasida olingan ashyoviy dalillarni o‘rash va muhrlash tartib qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulot yakunida talabalarning savollariga mutaxassis tomonidan to‘liq va har tomonlama javoblar berildi.