Polshaning Gdansk universiteti bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Polshaning Gdansk universiteti bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari Gdansk universiteti (Polsha) Huquq va boshqaruv fakultetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha dekan o‘rinbosari, professor Edvardas Yuxnevichus (Edvardas Juchnevicius) bilan ishchi uchrashuv o‘tkazishdi. 

Uchrashuvda ikki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash, akademik mobillik, professor-o‘qituvchilar va studentlar almashinuvi, stajirovka o‘tash, “ikki diplom” dasturini yo‘lga qo‘yish, ilmiy maqolalarni chop etish, shuningdek qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.