Oliy ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va jinoyatlarning yoshlar kelajagiga ta’sir qiluvchi salbiy oqibatlari” mavzusidagi seminar o‘tkazildi.
Tadbirda Bilim va malakalarni oshirish agentligi hamda onlayn shaklda uning hududiy bo‘limlarining barcha xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan o‘zining “Oliy ta’lim jarayonidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari” mavzusida chiqishida sohada uchrab turadigan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, oxirgi yillar davomida ta’lim sohasida sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarni statistik ma’lumotlar va aniq misollar orqali yoritilib, kelgusida bunday huquqbuzariklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha takliflar berildi.