Professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish faoliyati doirasida Akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bo‘lim boshlig‘i, p.f.f.d. (PhD) Dj.U.Kusharbayev ishtirokida “Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda oliy ta’lim muassasalarida joriy etilgan kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari, kredit-modul tizimida professor-o‘qituvchilarga hamda talabalarga qo‘yiladigan talablar, o‘quv kontentini ishlab chiqish, shuningdek, talabalarning o‘zlashtirishlarini baholash usullari haqida batafsil ma’ruza qilindi.
Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.