Noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashish sohasida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorlik

Noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashish sohasida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorlik

Akademiya tomonidan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo'yicha milliy tizim samaradorligini oshirishga qaratilgan videokonferentsiya rejimida ishchi seminar bo'lib o'tdi.

Tadbir “Uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy narkotiklar savdosi bilan bog'liq parallel moliyaviy tekshiruvni amalga oshirish va noqonuniy moliyaviy oqimlarga chek qo'yish bo'yicha O'zbekiston 
Respublikasining vakolatli organlari xodimlarining malakasini oshirish” loyihasini amalga oshirish doirasida amalga oshirildi.

Seminarda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi vakillari A.Vodyanoy va N.Kuryachaya, xorijiy va milliy ekspertlar – Bosh prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, IIV, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi va Akademiya xodimlari ishtirok etdi.