Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha ekotizim yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash maqsadida kibersportning CS:2 yo‘nalishi bo‘yicha Akademiya chempionati tashkil etildi.

Chempionatda jami 6 ta jamoa ishtirok etib, murosasiz kechgan o‘yin natijalariga ko‘ra Alfa jamoasi faxrli birinchi, Tanjiro jamoasi ikkinchi hamda Nevermore jamoasi uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

G‘olib Alfa jamoasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport bo‘yicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatida ishtirok etadi.