Akademiya tomonidan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida yosh hamda ishga yangi qabul qilingan xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” mavzusidagi seminar o‘tkazildi.
Aralash tarzda o‘tkazilgan seminarda bank rahbariyati, markaziy mahkama va barcha hududiy tuzilmalarining ishga yangi qabul qilingan jami 700 nafardan ziyod yosh xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan olib borildi.
Seminar davomida yosh xodimlar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ushbu sohadagi qonunchilikning mazmun-mohiyati, xizmatchilar uchun o‘rnatilgan taqiq va cheklovlar, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari bilan batafsil tanishtirdi.
Tadbir Milliy bank tizimi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xabardorligini oshirib, ularda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga ko‘mak berdi.