Erasmus+ dasturining tanlovida g'alaba

Erasmus+ dasturining tanlovida g'alaba

Bosh prokuratura Akademiyasi va Lund universiteti (Shvetsiya) Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ta'lim dasturi bo'yicha o'tkazilgan tanlovda navbatdagi g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

Dastur tinglovchilar va o'qituvchilarning akademik harakatchanligini yanada rivojlantirish, qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish (double degree), xorijiy mutaxassislarni o'quv jarayoniga faol jalb yetish, Yevropa ECTS kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) amalga oshirishga qaratilgan.

Ilgari hamkorlikda amalga oshirilgan Erasmus+ dasturi natijasida malakalardagi, ta'lim dasturlari va standartlaridagi, akademik semestr tuzilishidagi tafovutlar hamda hujjatlarni tan olish va o'quv predmetini topshirishdagi muammolarni hal etishga erishilgan edi.

Orttirilgan tajriba Akademiyada ta'lim jarayonining sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish, bilim va innovatsion texnologiyalarning integratsiyalashuvi, akademik harakatchanlik dasturlari samaradorligi mezonlarini aniqlash asoslarini joriy etish imkonini berdi.

Shu munosabat bilan, Lund universiteti bilan yangi Erasmus+ 2020 dasturini amalga oshirish harakatchanlikni rag'batlantirish, shu jumladan masofaviy harakatchanlikni kengaytirish, innovatsiyalar va ilg'or tajriba almashish, ta'limning yuksak darajasi va unga erishishni ta'minlash, Bosh prokuratura Akademiyasining akademik kapitalini rivojlantirish va taraqqiy ettirishga yo'naltiriladi.