“Sport – tinchlik va do‘stlik elchisi” shiori ostida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

“Sport – tinchlik va do‘stlik elchisi” shiori ostida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalar va tinglovchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida mashhur sportchi ishtirokida “Sport - tinchlik va do‘stlik elchisi” shiori ostida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Bu safargi tadbir mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, Olimpiya o‘yinlari va Jahon chempionati sovrindori, IBF va WBA kamarlari sohibi, kapitan Murodjon Ahmadaliyev bo‘ldi.

Uchrashuv davomida sportchi o‘zining bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari, erishgan yutuqlari, xizmat faoliyati va sport sohasini uyg‘unlikda olib borish, sport va jismoniy tarbiyani inson hayoti va har qanday sohadagi o‘rni va ahamiyati haqida o‘rtoqlashdi.

Tadbir iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha javob oldilar.