Kiberjinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha mahorat darsi

Kiberjinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha mahorat darsi

 

Buyuk Britaniya Qirollik prokuraturasi Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Kiberterrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarini tergov qilish bo‘limi sobiq boshlig‘i Mark Keroll va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasining terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Metyu Uillmor tomonidan Huquqni muhofaza qilish Akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Kiberjinoyatlarni tergov qilish: Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mazkur mahorat darsi interaktiv usulda o‘tkazilib, talabalarga axborot texnologiyalari sohasida sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha Buyuk Britaniya tajribasi, raqamli dalillarni olib qo‘yishning kriminalistik taktik qoidalari, voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida qatnashadigan mutaxassislar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulot yakunida talabalarning savollariga mutaxassis tomonidan to‘liq va har tomonlama javoblar berildi.