Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasi ekologik aksiyalarning faol ishtirokchisidir

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasi ekologik aksiyalarning faol ishtirokchisidir

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari va tinglovchilari ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik vaziyat sifatini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ekologik ong va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Xususan, Akademiya jamoasi joriy yilning 25 mart kuni atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish muhimligini eslatish va shu orqali Yerning tabiiy resurslarini saqlashga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan "Yer soati" aksiyasida ishtirok etdi.

Aksiya doirasida binoda bir soat davomida elektr energiyasi o‘chirildi, xodimlar yaqin atrofdagi ko‘cha va xiyobonlar bo‘ylab sayr qilishdi.

Bundan tashqari, joriy yilning 29 mart kuni Akademiya jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”gi PF–37-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan “Avtomobilsiz kun” aksiyasini faol qo‘llab-quvvatladi.

Avtomobil chiqindi gazlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomashinalar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tadbir doirasida Akademiya xodimlari va talabalari ish va o‘qish joylariga jamoat transportidan foydalangan holda shuningdek piyoda kelishdi.

Akademiya bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib turadi, zero sayyoramiz resurslariga g‘amxo‘rlik qilish yo‘lidagi har bir qadam, shubhasiz bizning kelajagimizga o‘z ta’sirini qo‘rsatadi.