SOLIQ ISLOHOTLARINI HUQUQIY QO'LLAB-QUVVATLASH MASALALARIGA BAG'ISHLANGAN O'QUV SEMINARI O'TKAZILDI

SOLIQ ISLOHOTLARINI HUQUQIY QO'LLAB-QUVVATLASH MASALALARIGA BAG'ISHLANGAN O'QUV SEMINARI O'TKAZILDI

Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq va bojxona islohotlarini huquqiy qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5499-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan videokonferensaloqa rejimida navbatdagi o'quv seminari o'tkazildi.

Tadbirda Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi xodimlari, shuningdek, soliq va bojxona sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun mas'ul Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) prokurorlarining o'rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari, soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi, soliq siyosatini samarali amalga oshirilishini ta'minlashda soliq tizimi va soliq rejimining o'ziga xos xususiyatlari, soliq tizimi va ma'muriyatchiligini takomillashtirishning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o'tkazish, soliqqa tortish sohasida qonuniylik ahvolini tizimli tahlil qilish bo'yicha tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil ma'lumot oldilar.