Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi trening o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi trening o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan trening o‘tkazildi.

Trening Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan olib borildi.

Tadbir davomida Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi xodimlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi davlat siyosati, ushbu sohadagi qonunchilikning mazmun-mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiya qilish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari bilan batafsil tanishtirildi.