Yoshlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga oid trening

Yoshlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga oid trening

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari va diniy muassasa vakillari bilan hamkorlikda Akademiyaning 2-kurs talabalari uchun “Jinoyat huquqi” moduli doirasida “Yoshlar o‘rtasida ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbir davomida ushbu soha mutaxassislari tomonidan yoshlar o‘rtasida ekstremizm va terrorizmning yot g‘oyalari ta’siriga tushib qolish hollari tobora ko‘payib borayotganligi va buning natijasida yoshlarimiz tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning boshqa salbiy oqibatlari xususida amaliyotda uchrayotgan holatlar misolida ma’lumot berdi.

Trening interfaol tarzda o‘tkazildi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.