Temuriylar tarixi muzeyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Temuriylar tarixi muzeyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Temuriylar tarixi muzeyida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavallud topgan kunining 688 yilligi munosabati bilan “Temuriylar davridagi huquqiy davlatning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Akademiya xodimlari va talabadari, temurshunos olimlar, tarixchilar io‘tirok etdilar.

Mazkur tadbirda tarix fanlari doktori, professor Sh.O‘ljayeva “Amir Temur saltanatining davlat boshqaruv tizimi” mavzusida ma’ruza qildi. O‘zbekiston Respublikasi FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, manbashunos, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, tarix fanlari doktori O.Bo‘riyev “Sohibqiron Amir Temur – Adolat timsoli” mavzusida, FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi yetakchi ilmiy xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, T.Xayit “XV asrda Amir Temurning dunyoni boshqarish konsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Tadbir huquqni muhofaza qilish sohasida yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etib, tadbir davomida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temurning xayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, Temuriylar davri davlatchiligi, boshqaruv tizimi, davlat tizimini mustahkamlash va boshqarishdagi tartib intizom, qonunchilik va sud-huquq masalalari, fan, ta’lim va madaniyat, savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivojlanishi, mamlakat himoyasini amalga oshirilgan ishlar, o‘zbek milliy davlatchiligi taraqqiyotida Temuriylar davlatining o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.