Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari jamoasi Toshkent Tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining 2-saralash bosqichida ishtirok etdi.
Jamoalar keskin raqobat muhitida bo‘lib o‘tgan, tanlov nizomida nazarda tutilgan atoqli adiblar hayoti va ijodi bo‘yicha taqdimot tayyorlash, adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan adiblar hayoti va ijodidan tezkor savol-javoblar o‘tkazish, adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya tayyorlash kabi shartlarni bajardilar.
Tanlovning mazkur saralash bosqichida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari Toshkent amaliy fanlar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti hamda Toshkent shahridagi “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti jamoalari bilan bellashdilar.
Saralash bosqichining yakuniga ko‘ra Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari jamoasi g‘alaba qozondi va respublika tanlovining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.