Huquqbuzarliklar profilaktikasi: O'zbekiston va Yaponiya tajribasi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi: O'zbekiston va Yaponiya tajribasi

2018 yilning 26 sentyabr kunida Bosh prokuratura Akademiyasida Yaponiya Adliya vazirligi va Nagoya universiteti vakillari tarkibidagi Yaponiya delegatsiyasi tashrifi doirasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi: O'zbekiston va Yaponiya tajribasi” mavzusida xalqaro seminar bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o'rganish tadqiqot markazi xodimlari, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.

Mazkur xalqaro seminar davomida huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning profilaktikasi sohasida Yaponiya tajribasi, Yaponiyada jinoyatchilikni oldini olishda jazo tayinlash va jazodan ozod qilish masalalari, O'zbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar va erishilayotgan natijalar haqida to'xtalib o'tildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari yuzasidan fikr almashdilar, barcha qiziqtirgan savollarga javob oldilar.