Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Xon atlas haftaligi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Xon atlas haftaligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida butun respublika miqyosida barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tmonidan keng o‘tkazib kelinayotgan  “Xon atlas haftaligi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir xalqimiz madaniyati, urf-odati va qadriyatlari, did va estetik qarashlari shuningdek tashqi qiyofasini libos borasidagi o‘ziga xos jihatlarini namoyish etish, talaba qizlar, turli tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, ularning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni tavsiya etish maqsadida tashkil etilgan.

“Xon atlas haftaligi” doirasida Akademiyada faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar, talaba-qizlar milliy matolarimiz atlas va adrasdan tikilgan liboslarni kiyish barobarida, mavzuga oid davra suhbati ham tashkil etildi.

Davra suhbati davomida milliy matolarimiz bo‘lmish atlas va adrasning o‘ziga xosligi, tabiiyligi va nafisligi, milliy liboslarimizning bejirim did va funksionalligi borasida fikr almashildi.

Akademiya talaba qizlari badiiy chiqishlar qilishdi, davra suhbati davomida talaba qizlarga nafosat, go‘zallik va o‘zbek ayol-qizlariga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlar haqida ma’lumotlar berildi.