Inson huquqlari masalalari bo‘yicha o‘quv jarayonini uslubiy ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari uchun “Inson huquqlari” darsligi nashr etildi.
Darslik huquqni muhofaza qilish faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishning konseptual va amaliy masalalarini, shu jumladan O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining bolalarni eng yaxshi manfaatlarini ta’minlash, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish, mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish, qiynoqlarga, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatdan jabrlanganlarni himoya qilishni o‘z ichiga olgan xalqaro standartlarni amalga oshirishdagi roli yoritilgan.
Nashr akademik doiralar vakillari, huquqni muhofaza qilish tizimida katta tajribaga ega bo‘lgan ekspert va mutaxassislar orasidan shakllantirilgan mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan.
Nashr yuridik oliy ta’lim muassasalari tinglovchilari, magistrantlari, inson huquqlari sohasidagi tadqiqotchilar hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatida inson huquqlarini ta’minlash masalalariga qiziqish bildirgan barcha shaxslarga tavsiya etilgan.