Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda 2023/2024 o‘quv yili uchun Akademiyada ta’limning kredit-modul tizimida o‘qitishning bir kredit qiymati miqdori belgilandi.

Shuningdek, majlisda Akademiyada amalga oshirilishi taklif etilayotgan grant loyihalari, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiya, darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar loyihalari, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Akademiya boshlig‘i buyrug‘i bilan lavozimga yangi tayinlanadigan xodimlar “Attestatsiyani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida attestatsiyadan o‘tkazilib, ular egallab turgan lavozimlariga loyiq deb topildilar.

Majlis kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.