Bosh prokuratura Akademiyasi va Frantsiya Respublikasi Magistratlar milliy maktabi vakillari o'rtasida uchrashuv

Bosh prokuratura Akademiyasi va Frantsiya Respublikasi Magistratlar milliy maktabi vakillari o'rtasida uchrashuv

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish borasida Frantsiya Respublikasi bilan hamkorlikni mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 21 sentyabr kuni Parij shahrida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Fransiya Respublikasi Magistratlar milliy maktabi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon vakillari joriy yilning iyul oyida imzolangan hamkorlik to'g'risidagi bitim doirasida kelgusida olib boriladigan o'zaro faoliyat masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, tomonlar Akademiya xodimlari uchun o'quv kurslarini tashkil etish, elektron ta'limni yo'lga qo'yish va pedagogik mahoratni oshirish bo'yicha vebinarlar tashkil qilish va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan o'zaro fikr almashishdi.