Raqamli didaktika va madaniyat yo‘nalishiga oid respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi

Raqamli didaktika va madaniyat yo‘nalishiga oid respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar” mavzusiga oid ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.

Konferensiyada Maktabgacha va maktab ta’limi ta’limi vazirligii, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, “SCIENCE AND INNOVATION” xalqaro jurnali va boshqa ta’lim muassasalarning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining elektron ta’lim bo‘limi boshlig‘i A.Ibraymov ishtirokchilar oldida ma’ruza qilib, unda prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish jarayonini raqamlashtirilgan pedagogik dizayn vositalarida strategik loyihalashtirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, kelgusida Akademiya va O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti orasida o‘zaro hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar muhokama qilindi.