ANONS Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi haqida

ANONS Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi haqida

 

2024 yil 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida har yili an’anaviy shaklda o‘tkaziladigan “Yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq tarixi instituti professor-o‘qituvchilari hamda yosh olimlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir 2024 yil 25 aprel kuni soat 10:00 da Akademiyaning Yunusobod tumanidagi o‘quv binosida boshlanadi.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya yakuniga ko‘ra ilmiy maqola va tezislar to‘plami nashr etilishi rejalashtirilgan.

Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar (ҳавола).