Talabalar debat klubi “Inson huquqlari uyi”da ish boshladi

Talabalar debat klubi “Inson huquqlari uyi”da ish boshladi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi o‘rtasida 2019 yil 16 may kuni imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum asosida Akademiyaning bakalavriat talabalari uchun Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz huzuridagi “Inson huquqlari uyi”da mutaxassislar ishtirokida debat klubiga start berildi.

Debat klubining “Inson huquqlari va siyosatshunoslik” mavzusiga bag‘ishlangan ilk sonini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik A.X.Saidov kirish so‘zi bilan ochib berdi va talabalarga muvaffaqiyatlar tilab, ilmiy odobga asoslangan bu kabi munozaralar ularning yuridik sohadagi bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari mazkur formatdagi muloqot ta’lim sifatini oshirish va talabalarning nazariyani amaliyot bilan uzviy bog‘liq ravishda olib borishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Mazkur debat klubi an’anaviy tarzda haftaning har juma kunlari muayyan mavzularda bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi va yurtimizning barcha yuridik oliygohlari talabalarini ushbu platformada birlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.