Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talaba va tinglovchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida mashhur sportchilar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Navbatdagi tadbir mehmoni Ichki ishlar vazirligining xodimi, Jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi va super o‘rta vazin WBA kamari sohibi mayor Madrimov Isroil Modraximovich bo‘ldi.
Uchrashuv davomida sportchi talabalar bilan o‘zining bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari, erishgan yutuqlari, xizmat faoliyati va sport sohasini uyg‘unlikda olib borish, sport va jismoniy tarbiyani inson hayoti va har qanday sohadagi o‘rni va ahamiyati borasida ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha javob oldilar.