Ruminiyaning korrupsiyaviy xavf-xatalarni oldini olish tajribasi o‘rganildi

Ruminiyaning korrupsiyaviy xavf-xatalarni oldini olish tajribasi o‘rganildi

 

Bosh prokuratura va Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi vakillaridan iborat tarkibdagi delegatsiyaning Ruminiyada davom etayotgan tashrif doirasida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish Bosh direktrati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Ruminiya Hukumatining qaroriga asosan tasdiqlangan “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashga oid uslubiyot”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot davomida Ruminiya davlat idoralarida korrupsiyaning oldini olish maqsadida uslubiyotga asosan yo‘lga qo‘yilgan tizim, uni ishga tushirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.