Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati joriy yilning 13-15 sentyabr kunlari Armaniston Adliya Akademiyasining tashkil etilganligini besh yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.
Tadbirlarda MDH mamlakatlarining sudya va prokurorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o'quv yurtlarining rahbarlari hamda xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvlar doirasida o'zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va ta'lim muassasalari o'rtasida sheriklik aloqalarni o'rnatish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.