Akademiya terma jamoasining futbol turniridagi g‘olibona starti

Akademiya terma jamoasining futbol turniridagi g‘olibona starti

 

Futbol bo‘yicha Akademiya terma jamoasi O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etilgan mini futbol bo‘yicha "Coca-Cola Students Cup" musobaqasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tib, zarur litsenziyani oldi.

Bu futbol turnirida O‘zbekistonning turli oliy o‘quv yurtlaridan 100 ga yaqin jamoa ishtirok etadi.

Akademiya jamoasi ilk uchrashuvdayoq Alfraganus universiteti jamoasi ustidan 2:0 hisob bilan g‘alaba qozondi.

Akademiya terma jamoasi mazkur musobaqaga mas’uliyat bilan yondashgan holda, o‘zaro hamkorlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida har bir o‘yin oldidan maxsus tayyorgarlikdan o‘tib, mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Musobaqalar aprel–may oylarida bo‘lib o‘tadi, "Coca-Cola Students Cup" musobaqasi nafaqat futbol mahoratini oshirish, balki talabalar orasida sport madaniyatini va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham xizmat qiladi.

Akademiya jamoasiga omad tilaymiz!