Davlat xizmatida korrupsiyaning oldini olish borasida Ruminiya tajribasi o‘rganildi

Davlat xizmatida korrupsiyaning oldini olish borasida Ruminiya tajribasi o‘rganildi

 

Bosh prokuratura va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning Ruminiyaga tashrifi doirasida Halollik bo‘yicha milliy agentlik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Agentlikka yuklatilgan vazifalar, xususan davlat xizmatchilarining daromadlari haqidagi deklaratsiyalarning haqqoniyligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot olindi.

Shu bilan birga, Agentlik xodimlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish imkoniyatini beruvchi hamda daromadlar deklaratsiyalarini qabul qilish, tahlil qilish va saqlash jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.