Akademiyada harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi

Akademiyada harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalarni kasbiy va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada shakillantirish maqsadida 1-kurs talabalari jamoalari o‘rtasida harbiy-sport estafetasi va arqon tortish musobaqasidan iborat bo‘lgan Harbiy-sport tanlovi o‘tkazildi.

Harbiy-sport estafetasi doirasida quyidagi Kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, 50 metr masofani bosib o‘tish, Makarov pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, 50 metr masofani bosib o‘tish, gazniqobni kiyish va u bilan 50 metr masofani bosib o‘tish, shuningdek shartli yaradorni 100 metr masofaga olib borish kabi mashqlar ketma-ketlikda amalga oshirildi.

Musobaqa yakunida harbiy-sport estafetasi bo‘yicha Harbiy-sport estafetasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan “Tergov faoliyati” yo‘nalishining “A” potok 1-guruhi, 2-o‘rinni egallagan “Tergov faoliyati” yo‘nalishining rus guruhi va 3-o‘rinni egallagan “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishining rus guruhi jamoalari g‘olib deb topildilar.

Shuningdek, arqon tortish musobaqasi bo‘yicha 1-o‘rinni “Tergov faoliyati” yo‘nalishining “A” potok 2-guruhi, 2-o‘rinni “Tergov faoliyati” yo‘nalishining “A” potok 1-guruhi, 3-o‘rinni “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishining “P” potok 1-guruhi.

Tanlov ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi, g‘oliblar esa munosib ravishda diplom va kuboklar bilan taqdirlandilar.

Sport tadbirlari Akademiyada doimiy tashkil etib kelinmoqda.