Akademiya talabalari – xalqaro tanlov sovrindorlari

Akademiya talabalari – xalqaro tanlov sovrindorlari

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Feniks” jamoasi joriy yilning 22-26 aprel kunlari Moskva ahrida o‘tkazilgan “Xalqaro gumanitar huquq” bo‘yicha F.F.Martens nomidagi XXV yubiley tanlovining final bosqichida ishtirok etdi.

Hakamlar hay’ati final ishtirokchilarini baholash jarayonini ularning xalqaro gumanitar huquq normalarini bilishi, jamoaning o‘z fikrini dalillar bilan mustahkamlashi, vaziyatga nisbatan tezkorli va javobni taqdim etishdagi ijodkorligi kabi mezonlar asosida amalga oshirdi.

Joriy yilda saralash bosqichi natijalariga ko‘ra musobaqada Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 26 ta jamoa ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasi ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va 3-o‘rinni egallab, sovrindorlar qatoridan joy oldi.