Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi tomonlar Assambleyasining yettinchi sessiyasida ishtirok etildi (Vena, Avstriya)

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi tomonlar Assambleyasining yettinchi sessiyasida ishtirok etildi (Vena, Avstriya)

Bosh prokuratura akademiyasining rahbariyati joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish akademiyasi tomonlar Assambleyasining yettinchi sessiyasida ishtirok etdi (Vena, Avstriya).

Tadbirda 80 dan ziyod milliy va institutsional muassasalardan 280 nafar vakillar ishtirok etishdi. A'zo-davlatlar XKQKA yutuqlarini va uning global miqyosdagi e'tirofini yuqori baholab, xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhimligini alohida ta'kidladilar.

Tadbir davomida migratsiya sharoitida korrupsiya oqibatlarini baholash va bartaraf qilish, barqaror rivojlanish borasida boshqaruv, korrupsiyaning tibbiy yordam ko'rsatishga ta'sirini baholash masalalari muhokama qilindi.

Akademiya rektori M.Kroytner bilan o'tkazilgan uchrashuv doirasida O'zbekiston Respublikasining Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasini xalqaro tashkilot sifatida ta'sis etilishi haqidagi Bitimga qo'shilishi hamda XKQKA bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.