Korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish boarsida xorijiy tajriba o‘rganildi

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish boarsida xorijiy tajriba o‘rganildi

 

Bosh prokuratura va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillaridan iborat tarkibdagi delegatsiyaning Ruminiyaga tashrifi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida Milliy boshqarma tarkibiy tuzilmasi, faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, boshqarma tomonidan o‘tkazilgan tergov harakatlari asosida fosh etilgan korrupsiyaviy sxemalar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Milliy boshqarmaga nomzodlarni ishga qabul qilish uchun yaratilgan o‘ziga xos tizim va uning ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.