Akademiya talaba-qizlari tadbirda ishtirok etishdi

Akademiya talaba-qizlari tadbirda ishtirok etishdi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talaba-qizlari “Men kuchli ayolman” shiori ostida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda faol ishtirok etdilar. Mazkur tadbirda ishtirok etish orqali talaba-qizlar o‘zlarining nafaqat aqliy, balki jismoniy quvvatlarini ham namoyish etdilar.

“Men kuchli ayolman” tadbiri mamlakatda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborning yorqin namunasi bo‘lib, O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalardan biridir. Davlat va jamiyat tomonidan xotin-qizlarga bo‘lgan bu e’tibor ularning barcha sohalarda faol bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Tadbir davomida talaba-qizlar uchun turli xil musobaqalar, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy loyihalar tashkil etildi. Ularda ishtirok etish orqali qizlar o‘zlarining jismoniy va intellektual qobiliyatlarini namoyish qilishdi.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan talaba-qizlar o‘zlari uchun yangidan-yangi bilim va ilhom olishlari kelgusida ham shunday loyihalarda faol ishtirok etishiga undaydi.