Akademiya – ekologik tadbirlar ishtirokchisi

Akademiya – ekologik tadbirlar ishtirokchisi

 

Akademiyaning talabalari plogging ekologik harakatida faol ishtirok etishdi.

Plogging (shved. termoq, yig‘moq va yugurmoq so‘zlaridan shakllangan) ekologik harakati bir vaqtning o‘zida ham sport bilan shug‘ullanish, ham atrof-muhitni tozalashga yo‘naltirilgan.

Tadbir Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Markaziy parkida o‘tkazildi va unda talabalar chiqindilarni yig‘ishda faol ishtirok etishdi. Tadbir natijasida 100 ga yaqin chiqindi to‘ldirilgan qoplar yig‘ilib, bu tadbir ishtirokchilarining atrof-muhitni himoya qilishga bo‘lgan mas’uliyatli munosabati va qo‘shgan hissasidan dalolat beradi.

Akademiya jamoasining plogging harakatidagi faol va muntazam ishtiroki Akademiyaning ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini yaqqol namoyish etadi. Bu harakat orqali nafaqat sport bilan shug‘ullanish, balki atrof-muhitni asrashning ahamiyati ham ko‘rsatib beriladi. Tadbir davomida Akademiya talabalari va xodimlaridan iborat ishtirokchilar birgalikda harakat qilib, atrof-muhitni tozalaganlari ularning jismonan sog‘lom bo‘lishlariga hamda ruhiyati va kayfiyatiga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Akademiya jamoasi o‘zining ekologik harakatlarga hamnafas ekanini ko‘rsatib, kelgusida ham shunday tashabbuslarda faol qatnashishga tayyorligini bildirgan holda, atrof-muhitni himoya qilishdagi muhim hissalarini ko‘rsatdi.