Inson huquqlari bo‘yicha binar mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Inson huquqlari bo‘yicha binar mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

 

Akademiyada bakalavriatning “Tergov faoliyati” yo‘nalishidagi talabalari uchun “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning inson huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni” mavzusida ikki kunlik mahorat darslari o‘tkazildi.

Ikki kun davom etgan mazkur binar mashg‘ulot “Inson huquqlari milliy tizimi” moduli doirasida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi va Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘limi prokurorlarining ma’ruzalari tinglandi.

O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xususiyatlari, ularning funksiyalari va vazifalariga oid batafsil axborot tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Mahorat darsi yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.