Akademiya terma jamoasi futbol turnirida ishtirok etdi

Akademiya terma jamoasi futbol turnirida ishtirok etdi

 

Akademiya talabalari Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi "Coca-Cola Students Cup" mini-futbol musobaqasi da munosib ishtirok etdilar.

Akademiya yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni, ayniqsa, futbolni rivojlantirish va ularni sportga jalb qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Mazkur musobaqada ishtirok etgan talaba-sportchilarimiz bir necha kuchli raqib jamoalardan ustun kelib, o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi.

“Coca-Cola Students Cup” musobaqasi Akademiya uchun futbolchi yoshlarning tajribasini oshirish va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun yaxshi maydon bo‘ldi. Bu turnirda ishtirok etish davomida yoshlar nafaqat jismoniy mahoratini, balki jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantirdilar.

Akademiya tomonidan sportga ko‘rsatilayotgan bugungi e’tibor va yoshlarning ushbu musobaqadagi muvaffaqiyatlari, ularning kelajakdagi yirik sport musobaqalariga tayyorlanishida muhim qadam bo‘ladi.

Hozirda Akademiya terma jamoasi Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqalariga qizqin tayyorgarlik ko‘rmoqda.