Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor o‘quv kursi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor o‘quv kursi o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi organlarida xizmat o‘tayotgan yosh mutaxassislar uchun sayyor o‘quv kursi o‘tkazildi.

Respublikaning bir qancha tuman va shahar prokuraturalarida yosh mutaxassislar bilan AKT vositasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish masalalariga oid trening tashkil etilib, ularga raqamli dalillar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Jinoyatchilik ko‘rsatkichlari nisbatan yuqori bo‘lgan, “Qizil hudud” toifasiga kirgan hududlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi va holatni o‘zgartirish yuzasidan tegishli ilmiy asoslangan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar boshqarmasi Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Raqamli dalillar bilan bog‘liq fosh etilmagan jinoyat ishi hujjatlari o‘rganildi hamda ular yuzasidan raqamli dalillarni aniqlash, tahlil qilish, to‘plash hamda jinoyatni fosh etish bo‘yicha zurur tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, Akademiya xodimlari tomonidan yosh mutaxassislar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergovchilari uchun seminar-trening tashkil etilib, prokuratura organlarida ishlarni tashkil etish, qonunchilik ijrosi ustidan prokuror tekshiruvlarini o‘tkazish va prokuror nazorati hujjatlarini qo‘llash masalalari, shuningdek raqamli dalillar va ularning maqbulligi hamda kiberjinoyatlarni tergov qilishda kripto-aktivlarni tadqiq etish mavzulari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.