O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi tinglovchilari uchun “Inson huquqlari milliy tizimi” moduli doirasida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazida sayyor o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Sayyor mashg‘ulot davomida tinglovchilarga markaz xodimlari tomonidan markazning tashkil etilishi tarixi hamda faoliyatining huquqiy asoslari haqida gapirib o‘tildi.
Mazkur mashg‘uloti davomida magistratura tinglovchilari nazariy bilimlarini sohaviy amaliyotni bevosita o‘rganish orqali mustahkamlab olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Sayyor o‘quv mashg‘uloti bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.