Akademiyada tinglovchi va talabalarning intellektual salohiyatini yuksaltirish masalasiga kadrlar tayyorlash jarayonlarida ustuvor yo‘nalish sifatida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur ishlar doirasida Akademiyada intellektual liga tashkil etilgan bo‘lib, ushbu liganing mavsum o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Intellektual liga talaba yoshlar tashabbusi bilan tuzilgan bo‘lib, yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini, dunyoqarashini yuksaltirish, jamoada ishlarsh ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mavsum o‘yinlarida bakalavriat talabalaridan iborat 20 ga yaqin jamoa ishtirok etdi. Intellektual o‘yinlardagi savollarning aksariyati huquqning turli sohalariga oid bo‘lib, talabalarning alohida huquq ixtisosliklari borasidagi bilimlarini kengaytirish imkonini berdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinlarda 1-kurs “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi 2-guruh talabalaridan tashkil topgan “Tornado” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Bu g‘alaba talabalarning bilimdonligi va shu bilan birga jamoada ishlash qobiliyatining natijasi bo‘ldi.
Intellektual liga mavsum o‘yinlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinib, yoshlarning huquqiy bilimlari, keng dunyoqarashi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadi.