Akademiya talabalari reytingi taqdimoti

Akademiya talabalari reytingi taqdimoti

 

Ta’lim sifatini oshirish, talabalarni ta’lim dasturlarini faol va teng ravishda o‘zlashtirishga undash maqsadida Akademiyada reyting tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim Akademiyaning bakalavriat talabalari va magistratura tinglovchilarining muayyan davr mobaynida o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirishdagi muvaffaqiyatlarini qayd etadi va namoyish etadi.

Reyting ta’lim sifati va samaradorligi, talabalarning shaxsiy ta’lim yutuqlari to‘g‘risida tabaqalashtirilgan va xilma-xil ma’lumotlarni olish imkonini beradi va kunduzgi ta’lim talabalari faoliyatining akademik, ilmiy, ijtimoiy, madaniy-ijodiy, sport kabi turli tomonlarini hisobga oladigan ko‘rsatkichlardan tuziladi. Ballar bilan ifodalangan barcha ko‘rsatkichlar yig‘indisi talabaning individual reytingini belgilaydi. Reyting har o‘quv yilida ikki marta semestr natijalariga ko‘ra hisoblanadi.

Reyting natijalariga ko‘ra eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan va reytingda eng yuqori o‘rinlarni egallagan talabalarni rag‘batlantirish tizimi nazarda tutilgan bo‘lib, reyting natijalari boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, shuningdek, xalqaro akademik mobillik borasidagi, ishga qabul qilishga oid, va boshqa shu kabi muhim qarorlarni qabul qilishda hisobga olinadi.