O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025 o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning kunduzgi shakli uchun magistraturaga qabul boshlangani ma’lum qilinadi.
Magistraturaga tanlov vakolatli davlat organlarining surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshiruvchi tuzilmalarida hamda prokuratura organlarida kamida 3 yil xizmatni o‘tagan «Yurisprudensiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega amaldagi xodimlari (harbiy xizmatchilari) orasida o‘tkaziladi.
Magistraturaning «Tergov faoliyati» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish bepul asosda amalga oshiriladi.
O‘qishga qabul qilingan xodimlarning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.
O‘qish kunduzgi ta’lim shaklida bir yil davomida amalga oshiriladi.
Mazkur mutaxassislik bo‘yicha jami 47 ta qabul parametrlari tasdiqlangan.
Nomzodlar tomonidan hujjatlar 10 maydan 10 iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “mydtm.uz” elektron platformasi (www.my.uzbmb.uz) orqali taqdim etiladi.
Kirish imtihonlari avgust oyida bir kunda uch bosqichda, ya’ni test shaklida o‘tkaziladigan maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon va chet tilidan test sinovi orqali amalga oshiriladi.
Magistraturaning boshqa mutaxassisliklari, xususan “Prokurorlik faoliyati”, “Prokurorlik faoliyati KЕCHKI” va “Prokurorlik faoliyati SIRTQI”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish” hamda “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisliklariga qabul 10 iyundan 31 iyulga qadar “mydtm.uz” elektron platformasi (www.my.uzbmb.uz) orqali tashkil etiladi.
Yangi o‘quv yilida magistraturaning ushbu mutaxassisliklari bo‘yicha ta’limning kunduzgi shakli uchun jami 45 ta, kechki shakli uchun 10 ta, sirtqi shakli uchun 25 ta qabul parametrlari quyidagicha tasdiqlanmoqda:
‒ “Prokurorlik faoliyati” – 15 ta (6 tasi davlat granti, 9 tasi to‘lov kontrakt asosida);
‒ “Korrupsiyaga qarshi kurashish” – 15 ta (6/9);
‒ “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” – 15 ta (6/9);
Bunda, prokuratura organlari xodimlari uchun qabul parametrlari soni davlat granti asosida jami 15 ta (har bir mutaxassislik uchun 5 tadan) etib belgilangan.
Bundan tashqari, “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning kechki shakli uchun jami 10 ta (to‘lov - kontrakt asosida) qabul parametrlari tasdiqlanmoqda.
Mazkur ta’lim shakli bo‘yicha prokuratura organlari xodimlari uchun 5 ta, ochiq tanlov bo‘yicha (tashqi nomzodlar uchun) – 5 ta o‘rin nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning sirtqi shakli uchun jami 5 ta (davlat granti asosida) 20 ta (to‘lov - kontrakt asosida) qabul parametrlari tasdiqlanmoqda.
Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha prokuratura organlari xodimlari uchun 5 ta (davlat granti asosida) 10 ta (to‘lov - kontrakt asosida), ochiq tanlov bo‘yicha (tashqi nomzodlar uchun) – 10 ta (to‘lov - kontrakt asosida) o‘rin nazarda tutilmoqda.
Ochiq tanlov bo‘yicha davlat granti asosida qabul qilingan tinglovchilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda har oylik stipendiya to‘lanadi.
Tanlovlar avgust oyida o‘tkaziladi.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: http://lex.uz/uz/docs/6425532
Akademiya magistraturasiga kirish imtihonlari bilan
bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: www.facebook.com/ProsecutorAcademy, www.instagram.com/proacademyuz/, “https://t.me/TheLawEnforcementAcademy” havolasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.
Shuningdek, Akademiya magistraturasiga qabul bilan bog‘liq ma’lumotlarni 71-202-04-96 (ichki: 1795 va 1716) telefon raqami orqali ham bilib olishingiz mumkin.