Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik fondi (IRZ) vakillari – mazkur Fondning Berlindagi bosh ofisi boshligʼi oʼrinbosari Аngela Shmaynk va Osiyo davlatlari boʼyicha loyihalar rahbari Sidi Xayrining Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida mehmonlar Аkademiya faoliyatining asosiy yoʼnalishlari, innovatsion yondashuv va metodlarni qoʼllagan holda prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash jarayoni, bunda qoʼllanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, oʼquv infrastrukturasi, professor-oʼqituvchilar va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar hamda qurilayotgan yangi oʼquv kompleksi bilan tanishtirildi.
Konstruktiv ruhda oʼtkazilgan tadbirda mehmonlar Аkademiya faoliyati ularda katta taassurot qoldirganini va kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish, amaliy tadbirlar va samarali loyihalar sonini koʼpaytirish lozimligini taʼkidlab oʼtdi.