Hududlarda yoshlar bilan turkum uchrashuvlar o‘tkazildi

Hududlarda yoshlar bilan turkum uchrashuvlar o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan poytaxtimizda, shuningdek mamlakatimizning barcha viloyatlarida yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ayni kunlarda hududiy prokuratura organlari bilan hamkorlikda mamlakatimizning barcha hududlarida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar dasturidan mamlakatimizda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish, xususan, yoshlar tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, kasbga o‘rgatish, kasbga yo‘naltirish va qayta tayyorlashga ko‘maklashish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga qaratilgan imtiyozlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga oid ma’lumotlar taqdimoti o‘rin olgan.

Shu bilan birga, yoshlarda mavjud muammolar o‘rganilib, mahalliy prokuratura organlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha prokuror sektorlari rahbarlari ko‘magida ularni hal etishga qaratilgan amaliy ishlar belgilandi.

Uchrashuvlar davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq javoblar oldilar.

Shuningdek, futbol, tennis, shaxmat, shashka va boshqa sport turlari bo‘yicha tuman (shahar) prokurori kubogi uchun turnir musobaqalariga start berildi.

Yoshlar bilan bu kabi tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinadi.