Akademiya jamoasi kibersport bo‘yicha turnirda ishtirok etdi

Akademiya jamoasi kibersport bo‘yicha turnirda ishtirok etdi

 

Akademiya jamoasi “Dota 2” hamda “Counter Strike 2” kabi kibersportning mashhur o‘yinlari bo‘yicha navbatdagi turnirda ishtirok etib, o‘zining oshib borayotgan mahoratini namoyon etdi.

100 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etgan turnirda, kuchli raqobat muhitida bizning jamoa o‘z tajribasiga asoslanib ishlab chiqqan strategiyasi va taktikasini qo‘lladi.

Kibersport bo‘yicha turnirlarda ishtirok etish jamoa ishtirokchilariga jamoada ishlash, strategik fikrlash ko‘nikmalarini  takomillashtirish, diqqatni jamlash, shuningdek stressni yengish va bo‘sh vaqtni tashkil etishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Akademiya talabalari jamoasi an’anaviy sport turlari bilan bir qatorda kibersportda o‘z mahoratlarini oshirib borishda davom etadilar.